Texnikum o‘quvchilari Xitoyda malaka oshirdi
2026-06-02 10:50:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyati kasbiy ta’lim muassasalarining pedagoglari, ta’lim ustalari hamda o‘quvchilardan iborat 30 kishilik delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahriga “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslarida ishtirok etdi.
Mashg‘ulotlar davomida Xitoy tomonidan biriktirilgan tajribali ustozlar tomonidan tezkor DC quvvatlash qurilmalari hamda uy sharoitida 220V tarmoqda ishlovchi AC quvvatlash uskunalarining ishlash prinsipi, texnik tuzilishi va ulardan samarali foydalanish jarayonlari batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, ishtirokchilar quvvatlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik nosozliklarni aniqlash, diagnostika qilish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha muhim amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.




