Texnikumga mos ravishda ESP (English for Specific Purposes) dasturlari joriy etiladi
2026-05-21 17:55:00 / Yangiliklar

Kasbiy ta’lim agentligida Kaplan International Languages Group vakillari bilan texnikumlarda ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirish hamda xalqaro tajribalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida Kaplan International Languages Group tomonidan kompaniyaning xalqaro ta’lim dasturlari, ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlari, xalqaro sertifikatlash tizimlari hamda xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik tajribasi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Xususan, quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish istiqbollari ko‘rib chiqildi:
—texnikumlarning ingliz tili o‘qituvchilari uchun xorijda stajirovka va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish;
—texnikumlarga ingliz tilida dars beruvchi native speaker mutaxassislarini jalb qilish;
—texnikum yo‘nalishlariga mos ravishda ESP (English for Specific Purposes) dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
—ingliz tili yo‘nalishi mavjud bo‘lgan barcha texnikumlar uchun bepul darslar va onlayn master-klasslar tashkil etish.





