Santexnik, payvandchi va elektr muhandislari uchun “oltin davr” boshlanmoqda
2026-05-14 17:30:00 / Yangiliklar
“Nvidia” rahbari Jensen Huangning fikricha, yaqin yillarda eng talabgir kasblar — santexnik, elektr muhandislari va payvandchilar bo‘ladi.
Oq yoqali (ofis) ishlar, ayniqsa AI ta’siriga kuchli duch keladigan kasblar kelajagi tobora noaniq bo‘lib borayotgan bir paytda, Huang va boshqa sanoat yetakchilari an’anaviy kasblarni yangi bitiruvchilar uchun oqilona tanlov sifatida ko‘rsatmoqda.
Ba’zi statistikalar ham Huangning fikrini tasdiqlaydi. “Randstad”
kompaniyasi millionlab ish e’lonlarini tahlil qilib, so‘nggi uch yil ichida malakali texnik kasblarga talab 27% oshganini aniqladi.
✅Quruvchilarga ehtiyoj — 30% ga,
✅Payvandchilarga — 25% ga,
✅Elektr muhandislariga esa — 18% ga oshgan.
Shu bilan birga, kompaniyalar yosh ishchilarni yetarli darajada topa olmayapti. Bunga katta avloddagi mutaxassislarning nafaqaga chiqayotgani sabab qilib ko‘rsatilyapti.
🚀 Siz ham zamonaviy va kelajakda talabgir kasblarni o‘rganmoqchimisiz?
Kasb yo‘nalishlari, texnikumlar va ulardagi foydali imkoniyatlar bilan bizning kasbedu.uz platformamiz orqali tanishing!
