Navoiy viloyati hokimi taqdirlandi
2026-05-14 17:25:00 / Yangiliklar
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Nishonni Kasbiy ta’lim agentligi direktori topshirdi.
✔️Mazkur mukofot hududda kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish, yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi amaliy ishlarga berilgan yuksak baho sifatida e’tirof etildi.
