Rahbar va yoshlar uchrashuvi: Yoshlar o‘z fikrini ochiq bayon qilsin
2026-04-23 19:30:00 / Yangiliklar

Kasbiy ta’lim agentligi direktori ishtirokida Toshkent turizm madaniy meros texnikumida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir texnikum o‘quvchilari bilan ochiq, shaffof va oshkoralik prinsipidagi muloqot ko‘rinishida tashkil qilindi. Ya’ni ta’lim va amaliyot jarayonida paydo bo‘layotgan muammoli vaziyatlar, o‘quvchilarni qiynayotgan savollar muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarning startap g‘oya va, takliflari qo‘llab-quvvatlandi. Ularni amaliy bosqichga olib chiqish yuzasidan tegishli ma’lumotlar berildi.
Yoshlarning kasb va til o‘rganishga bo‘lgan har bir
tashabbuslari uchun imkoniyat yaratib berilishi ta’kidlandi.
Bundan tashqari texnikumning amaliyot va ustaxonalari ko‘zdan kechirilib sharoitlarni yanada yaxshilash masalasi yuzasidan fikr almashildi.
