Texnikumlarga Pearson English Testing (PTE) tizimini joriy etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi
2026-04-23 10:55:00 / Yangiliklar

Kasbiy ta’lim agentligi direktori hamda Buyuk Britaniyaning Pearson tashkiloti vitse-prezidenti bilan kasbiy ta’lim sohasida hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, kasbiy ta’lim tizimiga xalqaro standartlarni joriy etish hamda mavjud aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar tomonidan quyidagi asosiy takliflar ilgari surildi:
-xalqaro ofis (International Office) faoliyatini yo‘lga qo‘yish va institutsional hamkorlikni mustahkamlash;
-ingliz tili o‘qituvchilarini jalb etish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik;
-Pearson English Testing (PTE) tizimini joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish;
-o‘quv adabiyotlari va o‘qitish materiallari bilan ta’minlash masalalari.
Tomonlar mazkur takliflarni bosqichma-bosqich ishlab chiqish, texnik jihatlarini muhokama qilish hamda keyingi muzokaralarda aniq hamkorlik mexanizmlarini belgilashga kelishib oldilar.
Uchrashuv yakunida kasbiy ta’lim tizimini xalqaro darajaga olib chiqish, zamonaviy ta’lim resurslarini joriy etish hamda mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlash yo‘nalishida hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha umumiy kelishuvga erishildi.
