Dual ta’lim tizimini keng joriy etish maqsadida forum o‘tkazildi
2026-04-22 18:40:00 / Yangiliklar

Pearson o‘quv dasturi asosida ish olib borayotgan Nukus shahridagi 1-sonli texnikumida “Dual ta’limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi forum bo'lib o'tdi.
Forumning asosiy maqsadi:
- o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish;
- dual ta’lim tizimini keng joriy etish;
- texnikumlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash.
Forumda Buyuk Britaniyaning Pearson kompaniyasi vakillari Chris Faulkner va Jane Baker, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi M.Atamuratov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasb-hunar ta’limi agentligi direktori A.Ayapovlar ishtirok etdi.
Shu bilan birga, dual ta’lim tizimi ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlashga xizmat qilib, ta’lim va iqtisodiyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlaydi. Aynan shu jihatlar uni bozor talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlashning eng samarali yo‘llaridan biriga aylantiradi.
