“Rahbar va yoshlar" uchrashuvi Germaniyada
2026-04-16 21:35:00 / Yangiliklar

Berlin shahriga xizmat safari davomida Germaniyadagi O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasida xorijda o‘qiyotgan va faoliyat yuritayotgan 30 dan ortiq o‘zbekistonlik yoshlar bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Elchi, Kasbiy ta’lim agentligi direktori hamda Migratsiya agentligi vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yosh vatandoshlar tomonidan qator muhim savollar, amaliy takliflar va tashabbuslar bildirildi. Jumladan:
✔️nemis tilini O‘zbekistonda kengroq o‘qitish;
✔️qisqa muddatli kurslar orqali Germaniyada ish imkoniyatlarini kengaytirish;
✔️xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha yoshlar uchun xalqaro ish imkoniyatlarini yaratish;
✔️Germaniyada tahsil olayotgan yoshlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha takliflar bildirildi.
GIZ TexVET II loyiha rahbari Matthias Klingenbergning fikricha, yoshlarning zamonaviy hamda amaliyotga yo‘naltirilgan kasbiy ta’lim olishi muvaffaqiyatli va barqaror migratsiyaning asosiy shartidir.
