Germaniya kasbiy ta’lim tizimi bilan kelishuvlar amalga oshirilmoqda
2026-04-16 16:10:00 / Yangiliklar

Berlin shahrida o‘tkazilgan kasbiy ta’lim xalqaro forumi amaliy uchrashuvlar va tanishuvlar bilan davom etmoqda.
Delegatsiya a’zolari Germaniyaning yetakchi tashkilotlari va muassasalari bilan yaqindan tanishib, hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
✔️Dastlab, delegatsiya Germaniya Sanoat va Savdo Palatasi (DIHK) vakillari va xonim Viggenxauser bilan uchrashdi;
✔️Berlin Ta’lim, yoshlar va oila ishlari vazirligida rasmiy uchrashuv o‘tkazildi;
✔️KulturBrauerei majmuasiga tashrif, mazkur hududning zamonaviy madaniy va tadbirlar markazi bilan tanishuv tashkil qilindi.
