Berlin shahrida ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi
2026-04-15 15:20:00 / Yangiliklar

Ushbu forum Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) va“TexVET II” loyihalari, O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi hamda Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbir davomida O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar alohida e’tirof etildi
Forumda 200 nafardan ortiq ishtirokchilar va mehmonlar, jumladan Germaniya savdo-sanoat palatalari va ular huzuridagi kasbiy ta’lim muassasalari, sohaviy ekspertlar, til o‘qitish va til darajasini baholovchi tashkilotlar, ta’lim muassasalari, vazirliklar hamda boshqa davlat idoralari vakillari ishtirok etdilar.
Germaniya bilan jami 47 ta shartnoma imzolandi ulardan 14 tasi Respublika darajasida.
