Respublika bo‘ylab barcha texnikum direktorlari uchun boshqaruv salohiyatiga oid seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda
2026-02-27 15:50:00 / Yangiliklar

Treninglar Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan o‘tkazilmoqda.
Tadbirning maqsadi:
-Kasbiy ta’lim tizimidagi islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish
-Texnikum direktorlarining boshqaruv salohiyatini oshirish
-“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va mahallani rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish
📌Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga shaxsiy va kasbiy rivojlanish tamoyillari, jamoani samarali boshqarish usullari hamda kasbiy ta’lim tizimidagi islohotlarni boshqaruv jarayonlariga tatbiq etish strategiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berildi.
Tadbirga 600 dan ziyod texnikum direktorlarining ishtiroki ta’minlanmoqda.
