Kasbiy mahorat milliy tanloviga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda
2026-02-26 15:35:00 / Yangiliklar

Tanlovni yuqori darajada o‘tkazish maqsadida hududlardagi quyidagi texnikumlarda o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etildi:
🔹Qo‘ng‘irot Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi;
🔹O‘rtachirchiq tumani 1-son texnikumi;
🔹To‘raqo‘rg‘on tumani 1-son texnikumi;
🔹Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi Shayxontohur tumani texnikumi;
🔹Navoiy viloyati Navbahor tumani 2-son texnikumi.
Seminarlar doirasida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
-tanlov jarayonini samarali rejalashtirish;
-ekspertlar faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish;
-baholash mezonlarini aniq va xolis qo‘llash;
-tanlov bosqichlarini puxta tashkil etish;
-saralash jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash;
-xalqaro talablarga mos kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish.
