BYD va Chery kompaniyalari hamkorligida bitiruvchilar ish bilan ta’minlanadi
2026-02-05 18:40:00 / Yangiliklar

Kasbiy ta’lim agentligi va China East Education Holding delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv oldidan Xitoy delegatsiyasi Toshkentdagi texnikumlar faoliyati bilan tanishdi. Ushbu o‘rganish natijalari asosida qo‘shma loyihani amalga oshirish uchun eng maqbul muassasani tanlab olish rejalashtirilmoqda.
Muzokaralarda:
– qo‘shma ta’lim dasturlari;
– xalqaro diplom va sertifikatlar joriy etish;
– pedagoglar malakasini oshirish;
– ta’lim muassasasini modernizatsiya qilish;
– “yashil” va xalqaro standartlarga mos qurilish ishlari;
– inklyuziv ta’limni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
📌 Shuningdek, BYD va Chery kabi yirik kompaniyalar bilan hamkorlikda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
