Jalaquduq tumanida 2026-yilning iyun oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlari

Jalaquduq tumanida 2026-yilning iyun oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida, aniq va to‘laqonli amalga oshirilishini tashkil etish to‘g‘risida
Jalaquduq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Xukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-sonli farmoni, 2021-yil
31-maydagi PQ-5132-sonli qarori va 2025-yil 25-iyuldagi
PF-117-son farmonida belgilangan topshiriqlar asosida Jalaquduq tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlari o‘z vaqtida ijroga qaratilib, to‘liq va sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.
Tahlillarga ko‘ra, tuman hokimligiga 2026-yilning iyun oyida “edo.ijro.uz” tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14 ta (5 ta Farmon, 6 ta qaror, 3 ta majlis bayoni) hujjatlarida 14 ta topshiriqlar kelib tushgan.
Ushbu topshiriqlarni ijrosini o‘z vaqtida sifatli ta’minlash maqsadida har bitta hujjat bo‘yicha nazorat rejalari ishlab chiqilib, taalluqli boshqarma, tashkilotlarga hamda shahar, tuman hokimliklariga ijro uchun yuborilgan.
Bugungi kunda ushbu topshiriqlarning 13 ta si barchasi bajarilgan.
Shu jumladan, joriy yilning iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlaridagi topshiriqlarida tuman hokimligi mas’ul bo‘lgan 3 ta, Administrasiya rahbari hujjatlarida 5 ta hamda Vazirlar Mahkamasining 11 ta topshiriqlari bajarilishi belgilangan bo‘lib, mazkur topshiriqlarning belgilangan muddatlarda va sifatli ta’minlash choralari ko‘rildi.
Ta’kidlash lozimki, tuman hokimligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini “kunbay” tahlil qilib borish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Haftaning har dushanba kuni tuman hokimi rahbarligida, haftaning juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda.
Topshiriqlar o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlash maqsadida har oyning 25-sanasida kelgusi oyda ijrosi belgilangan topshiriqlar ro‘yxati shakllantirilib, mas’ul tuman hokimining o‘rinbosarlari, guruh va bo‘lim boshliqlariga, taalluqli tashkilotlariga yuborilmoqda.
Shundan kelib chiqib, mas’ul ijrochilar kesimida kalendar jadval va “yo‘l xaritalari” tasdiqlanib, shu asosida ish tashkil etilmoqda.
Tahlillar natijalari bo‘yicha, ijro intizomini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar, ularning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
O‘z navbatida, tuman xokimligi hamda tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi bo‘yicha tasdiqlangan jadval asosida maqsadli va kompleks o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
Tuman hokimligida “edo.ijro.uz” elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida to‘lik va sifatli bajarilishini ta’minlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilanib, topshiriqlar ijrosini ta’minlash choralari doimiy nazoratga olinadi.
Ma’lumot tayyorladi:
A.Zaynobidinov – Jalaquduq tumani hokimligi
ijro intizomi bo‘yicha bosh mutaxassisi
