Hokimiyat haqida

Jalaquduq – Andijon viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Xoʻjaobod tumani bilan birlashtirilgan. 1973-yil 12-aprelda qayta tuzildi).Jalaquduq va unga yondosh qishloqlar oʻramida yogʻingarchilik koʻproq boʻlganligidan, u erlar ilgari qamishzor, toʻqayzor boʻlgan. Tuman nomi „jele“ yoki „jelak“ soʻzidan kelib chiqqan degan rivoyatlar bor: oʻtmishda mahalliy aholi zovur, buloq va quduqlarga jela tashlab baliq ovlagan ekan. Jela qoʻyiladigan quduqlar asta-sekin „jelaquduq“ deb ataladigan boʻlganmish. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib „jalaquduq“ yoki „jalolquduq“ shaklida qishloq, soʻngra tumanga nom boʻlib qolgan deyiladi.
