PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI
2026-09-10 14:00:00 / Yangiliklar

PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI
Yoshlar bilan ochiq muloqot — yangi g‘oyalar maydoni
Jalaquduq tumanida “Payshanba — Yoshlar kuni” munosabati bilan tuman hokimi H. Latipov yoshlar bilan uchrashdi.
Ochiq va samimiy muloqot davomida yoshlarning g‘oya va takliflari, muammolari hamda kelgusidagi rejalari tinglandi.
Yoshlarning ta’lim olishi, kasb egallashi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida fikr almashildi.
💡 Har bir g‘oya — imkoniyat.
Har bir tashabbus — natija sari qadam.
Har bir yosh — Jalaquduq kelajagining bunyodkori!


