Payshanba — Yoshlar kuni!
2026-08-13 13:30:00 / Yangiliklar

Payshanba — Yoshlar kuni!
Jalaquduq tumani hokimi H. Latipov yoshlar bilan uchrashib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, ta’lim olishi hamda tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.
Samimiy muloqotda yoshlarni qiynayotgan masalalar muhokama qilinib, ularning yechimi yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

