“Dolzarb 90 kun”doirasida “Manas aytish” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi
2026-07-10 13:50:00 / Bayram tadbirlari

“Dolzarb 90 kun”doirasida “Manas aytish” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Jalaquduq tumanidagi 15-son umumtaʼlim maktabida “Oʻzbek va qirgʻiz xalqlari doʻstligi: madaniyat, qadriyat va meros” loyihasi asosida “Manas aytish” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi.
Tadbir Andijon viloyati Qirgʻiz milliy madaniy markazi raisi O. Nosirov boshchiligida tashkil etildi. Unda tumandagi 8 ta maktab oʻquvchilari ishtirok etib, “Manas” eposidan parchalar ijro etdilar, milliy kuy va raqslar namoyish etildi.
Tadbirda xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashi raisi
Sh. Hayitoxunov hamda tegishli tashkilotlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yakunida tanlov gʻoliblari va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.







