Axborot xizmati haqida
2026-06-26 16:00:00 / Axborot xizmati haqida
Axborot xizmati haqida
Andijon viloyati Jalaquduq tumani hokimligi Axborot xizmati
Andijon viloyati Jalaquduq tumani hokimligi Axborot xizmati tuman hokimligi hamda unga hisobdor tashkilotlar faoliyatini yoritish, tumanda sodir bo‘layotgan muhim voqea va hodisalar haqida jamoatchilikni tezkor va xolis xabardor qilish, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
Axborot xizmatining ustuvor vazifalari:
- Tuman hokimi tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish.
- Keng jamoatchilikni hokimlik faoliyati hamda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida xolis, sifatli va tezkor axborot bilan ta’minlash.
- Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, matbuot relizlari, axborot xabarlari va byulletenlarni tayyorlash hamda tarqatish.
- Matbuot anjumanlari, brifinglar va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil etish.
- Rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa internet resurslarini yuritish hamda rivojlantirish.
- Axborot maydonini monitoring qilish, tahlil etish va ekspertlar bilan hamkorlikda takliflar ishlab chiqish.
- OAV va internet tarmog‘ida axborot tarqatish bo‘yicha kompleks ishlarni tashkil etish.
Bog‘lanish
Andijon viloyati Jalaquduq tumani hokimligi Axborot xizmati
Elektron pochta: jalaquduqmoments@gmail.com
Rasmiy veb-saytga axborotlarni joylashtirish va yangilash uchun mas’ul shaxs:
Mannobjonov Shahbozbek Vojidjon o‘g‘li
Telefon: (+998 70) 013-00-14
Elektron pochta: jalaquduqmoments@gmail.com
