YOSHLAR KUNI DOIRASIDA KENG QAMROVLI TADBIRLAR O‘TKAZILMOQDA
2026-03-19 10:00:00 / Yangiliklar
Yurtboshimiz tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan.
Shu munosabat bilan ayni vaqtda Jalaquduq tumanida viloyat prokurori M. Abduxakimov hamda tuman hokimi H. Latipovning maktab va kasb hunar texnikumlari bitiruvchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarni hal etish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilanishi qayd etildi.




