Jalaquduqda ayolga ehtirom: Tuman hokimi ishtirokidagi bayram tadbiri
2026-03-06 11:00:00 / Yangiliklar
Bugun Jalaquduq tumani hokimi H. Latipov boshchiligida Xalq deputatlari tuman Kengashida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tumanimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etayotgan deputat ayollar, ishtirok etdilar.
Tuman hokimi H. Latipov barcha onaxon va opa-singillarimizni samimiy qutlab, ularning jamiyatimiz rivoji va yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos hissasini alohida ta’kidladi.
Bayram munosabati bilan bir guruh faol ayollarga tuman hokimligining qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Aziz onaxonlar, muhtarama opa-singillar! Bahoriy ayyomingiz muborak bo‘lsin!







