Jalaquduq mahallasida ishsiz xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-01-16 11:00:00 / Yangiliklar
Jalaquduq mahallasida ishsiz xotin-qizlar (15 nafar) bilan Jalaquduq tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Z.J. Ismoilova ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tashabbus ayollarning bandligini ta’minlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish hamda oilaviy farovonligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Aholining ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, xususan xotin-qizlar uchun barqaror daromad manbai yaratish tumanda amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijasi hisoblanadi.




