Jalaquduq tumanida yoshlarning startap loyihalari taqdimoti o‘tkazildi
2026-03-05 09:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Jalaquduq tumanida yoshlarning startap loyihalari taqdimoti tashkil etildi.
Tadbir davomida faol va tashabbuskor yoshlar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari hamda istiqbolli startap loyihalarini taqdim etdilar.
Mazkur uchrashuvda tuman hokimi H.Latipov ishtirok etib, yoshlarning tashabbuslari bilan yaqindan tanishdi hamda ularni qo‘llab-quvvatlash, amaliyotga joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.
Ta’kidlanganidek, bunday loyihalar yoshlarning innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.







