Saytdagi mavjud atamalarning ahamiyati bo'yicha yo'riqnoma
|
T/r |
Atama |
Ma’nosi |
|
1 |
Millat |
Kishilarning yagona tilda so‘zlashishi, yaxlit hududda istiqomat qilishi, mushtarak iqtisodiy hayot kechirishi, umumiy madaniyat va ruhiyatga ega bo‘lishi asosida tarixan tashkil topgan barqaror birligi. |
|
2 |
Vatandosh
|
Vatani bir, bir mamlakatda tug‘ilib o‘sgan kishilar (bir-biriga nisbatan). |
|
3 |
Diaspora |
Oʻzining tarixiy vatanidan (asl kelib chiqish mamlakatidan) tashqarida yashovchi, lekin oʻzining milliy madaniyati, tili va anʼanalarini saqlab qolgan alohida etnik guruh yoki xalq qismidir. |
|
4 |
Bagʻrikenglik
|
1) Masalaga keng ko‘lamda, ochiq ko‘ngillik bilan yondashish; 2) Insonlarning bir-biriga nisbatan hurmat, sabr-toqat va tushunish hissi bilan yondashishini bildiruvchi yuksak ma’naviy fazilatdir. Bu tushuncha o‘zgalarning fikrlari, e’tiqodi, millati va urf-odatlari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ularni qabul qila olish va tinch-totuv yashashni anglatadi. |
|
5 |
Milliy madaniy markaz |
Oʻzbekistonda yashovchi turli millat va elat vakillarining oʻz milliy madaniyati, tili, urf-odatlari va anʼanalarini saqlab qolish hamda rivojlantirish uchun tashkil etilgan jamoat birlashmalari. |
|
6 |
Madaniyatlararo muloqot |
Ikki yoki undan ortiq har xil madaniyatlar vakillari oʻrtasida boʻladigan muloqotning alohida bir turidir. |
|
7 |
Xalqlar doʻstligi |
Oʻzbekistonda turli millat va elatlarning tinch-totuv yashashini hamda millatlararo totuvlikni anglatadi. |
|
8 |
Xalq diplomatiyasi
|
Davlatlar oʻrtasidagi rasmiy siyosiy aloqalarni toʻldiruvchi, oddiy fuqarolar, jamoat tashkilotlari, madaniyat va ilm-fan namoyandalari orqali xalqlar oʻzaro ishonch va doʻstlikni mustahkamlovchi xalqaro muloqot shakli. |
|
9 |
Doʻstlik jamiyati |
Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar oʻrtasidagi doʻstona aloqalar, madaniy hamkorlik va xalq diplomatiyasini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamoat tashkiloti. |
|
10 |
Xorijdagi vatandoshlar
|
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan, Oʻzbekiston bilan tarixiy, madaniy, maʼnaviy, til yoki etnik jihatdan bogʻliqligini saqlab qolgan hamda Vatan bilan aloqalarni rivojlantirishga intilayotgan shaxs. |
