“Bağrikenglik ohanglari” — döstlik va hamjihatlik tarannumi
2026-11-17 17:00:00 / Yangiliklar

Bağrikenglik haftaligi doirasida Milliy madaniy markazlar pavilyonida “Bağrikenglik ohanglari” bayram tadbiri bölib ötdi.
Mazkur bayram tadbiri yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari örtasidagi döstlik, özaro hurmat, hamjihatlik va bağrikenglik muhitini yanada mustahkamlaş, şuningdek, xalqimizning boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari hamda öziga xos an’analarini keng tarğib etişga qaratilgan.
Tadbir davomida milliy madaniy markazlarning ijodiy jamoalari tomonidan turli millatlarning milliy kuy-qöşiqlari, jozibali raqslari va rang-barang badiiy çiqişlari namoyiş etişdi. Har bir sahna körinişi orqali mamlakatimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik, madaniyatlar xilma-xilligi va xalqlar döstligi ğoyalari öz ifodasini topadi.


