“Yangi Özbekistonda diniy bağrikenglik” mavzusida xalqaro konferensiya bölib ötdi
2026-11-17 10:00:00 / Yangiliklar

Konferensiyada mamlakatimizning yetakçi olim va mutaxassislari bilan bir qatorda AQŞ, Şvetsiya, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Qozoğiston, Germaniya, Qirğiziston, Hindiston kabi qator xorijiy davlatlarning diplomatik korpus vakillari, xalqaro miqyosda tanilgan mutaxassislar, dinşunos-ekspertlar, islomşunos olimlar, etnik-madaniy birlaşmalar, şuningdek, davlat va jamoat taşkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, diniy konfessiyalar va milliy madaniy markazlar vakillari, oliy ta’lim muassasalarining professor-öqituvçilari hamda talaba-yoşlar iştirok etişdi.
Mazkur xalqaro anjuman turli davlatlar, dinlar va madaniyatlar vakillarini yagona muloqot maydonida birlaştirib, dinlararo bağrikenglik, konfessiyalararo hamjihatlik, millatlararo totuvlik hamda özaro hurmat va işonç tamoyillarini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Konferensiya davomida iştirokçilar tomonidan diniy bağrikenglikni ta’minlaşning zamonaviy mexanizmlari, turli din va konfessiyalar örtasida konstruktiv muloqotni rivojlantiriş, jamiyatda tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaş, diniy-ma’rifiy sohada xalqaro hamkorlikni kengaytiriş kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.



