Milliy qadriyatlar va madaniyatlar bilan tanishuv
2026-11-05 11:00:00 / Yangiliklar

Milliy madaniy markazlar pavilyonida Invento xalqaro maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Milliy qadriyatlar va madaniyatlar bilan tanishuv” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Dastlab o‘quvchilar pavilyondagi 22 ta do‘stlik uyiga sayohat qilib, turli millatlarning madaniyati, milliy qadriyatlari va urf-odatlari bilan tanishdilar. Har bir do‘stlik uyida namoyish etilgan milliy liboslar, hunarmandchilik buyumlari va madaniy meros namunalari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shundan so‘ng o‘quvchilar uchun konsert dasturi namoyish etildi. Unda turli millatlarning kuy-qo‘shiqlari va raqslari ijro etildi.
Tadbir o‘quvchilarga mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlarning boy madaniyati bilan yaqindan tanishish, o‘zaro hurmat va do‘stlik tuyg‘ularini mustahkamlash imkonini beradi.



