Raqamli faktcheking va axborot xavfsizligi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi
2026-10-29 15:45:00 / Yangiliklar

Yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, axborot xavfsizligi borasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, internet tarmog‘ida tarqatilayotgan ma’lumotlarga tanqidiy yondashish madaniyatini shakllantirish maqsadida “Raqamli faktcheking va axborot xavfsizligi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga zamonaviy axborot makonida uchrayotgan yolg‘on va chalg‘ituvchi xabarlarni aniqlash, ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish, rasmiy va norasmiy axborot manbalarini farqlash hamda faktcheking vositalaridan samarali foydalanish yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan mas’uliyat bilan foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, kiberxavfsizlik qoidalariga rioya etish, internet firibgarligi va turli axborot tahdidlaridan himoyalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar doirasida yoshlarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish ham muhim yo‘nalishlardan biri bo‘ldi. Xususan, my.gov.uz hamda E-ijro elektron tizimlari imkoniyatlari, ulardan foydalanish tartibi va raqamli xizmatlarning kundalik hayotdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Ta’kidlanganidek, bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida har bir yoshning axborotni mustaqil tahlil qila olishi, uning haqqoniyligini baholashi hamda zamonaviy raqamli texnologiyalardan ongli va xavfsiz foydalanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur seminar-trening yoshlarning media va axborot savodxonligini yuksaltirish, ularda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, axborot tahdidlariga nisbatan ogohlikni kuchaytirish hamda elektron davlat xizmatlari imkoniyatlarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.



