“Mahallada — Yangi O‘zbekiston nafasi” ko‘rik-tanlovi
2026-10-28 10:35:00 / Yangiliklar

📢Diqqat, yangi tanlov!
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va O‘zbekiston mahallalar uyushmasi hamkorligida “Mahallada — Yangi O‘zbekiston nafasi” ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi.
➡️ Tanlovda OAV xodimlari “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” davlat dasturining mazmun-mohiyatini yoritgan ijodiy ishlari bilan qatnashishlari mumkin.
🏆 Tanlov nominatsiyalari:
➡️ Eng yaxshi teledastur;
➡️ Eng yaxshi radiodastur;
➡️ Eng yaxshi internet materiali;
➡️ Matbuotdagi eng yaxshi maqola.
Har bir nominatsiyada g‘oliblar uchun mukofotlar:
1-o‘rin — 20 000 000 so‘m;
2-o‘rin — 15 000 000 so‘m;
3-o‘rin — 10 000 000 so‘m.
Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, boshqa ishtirokchilar ham qo‘shimcha rag‘batlantirilishi mumkin.
🗓 Ijodiy ishlar 2026-yil 15–30-oktabr kunlari qabul qilinadi. G‘oliblar noyabr oyida e’lon qilinib, tantanali ravishda taqdirlanadi.
✉️ Ijodiy ishlarni info@jurnalistlar.uz elektron manziliga yoki Telegram messenjerida +998 70 484-71-79 raqamiga ochilgan “Mahalla-2026” sahifasiga yuborish so‘raladi.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: (71) 244-64-62.
👉 Batafsil
