21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy xotirasiga hurmat bajo keltirildi
2026-10-21 10:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda Qoʻmita rahbariyati va xodimlari, milliy madaniy markazlar faollari ishtirok etib, ulug‘ bobokalonimiz haykali poyiga gullar qo‘yishdi.
Alisher Navoiy o‘zining bebaho ijodiy merosi orqali turkiy tilning boyligi, nafosati va cheksiz ifoda imkoniyatlarini namoyon etgan. Uning asarlarida tarannum etilgan insonparvarlik, millatlararo totuvlik, do‘stlik va bag‘rikenglik g‘oyalari bugun ham ezgulik sari birlashtirib kelmoqda.
Ushbu ehtirom tadbiri yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining o‘zbek tiliga, xalqimizning boy adabiy va ma’naviy merosiga bo‘lgan yuksak hurmatining yorqin ifodasidir.


