Nyu-Yorkda O‘zbek tili kuniga bag‘ishlangan xalqaro festival o‘tkazildi
2026-10-19 16:00:00 / Yangiliklar

Ushbu tadbir mamlakatimizning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi hamda Turon-Amerika merosi assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.
Festivalda o‘zbek, qozoq, tojik, turkman va ozarbayjon jamoalari vakillari, jamoatchilik vakillari, tadbirkorlar, madaniyat namoyandalari va yoshlar qatnashdi. Unda o‘zbek tilining milliy o‘zlikni anglash va madaniy merosni asrab-avaylashdagi o‘rniga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni asosida sahna ko‘rinishi namoyish qilindi. O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma ham tashkil etildi. Unda amerikalik bolalarning O‘zbekiston tarixi, madaniyati va an’analariga bag‘ishlangan 35 ta rasmi taqdim etildi.


