“Vatan” Global Alliance jamiyati raisi, tadbirkor Ozod Soliyev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-09-25 10:35:00 / Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Kaxraman Sariyev hamda “Vatan” Global Alliance jamiyati raisi, tadbirkor Ozod Soliyev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, ularning Vatan bilan doimiy va tizimli muloqotini rivojlantirish, shuningdek, vatandoshlarning bilim, tajriba va salohiyatidan mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, xorijdagi o‘zbekistonlik tadbirkorlar, mutaxassislar, olimlar, ijodkorlar va faol yoshlarni birlashtiruvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ular ishtirokida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda O‘zbekistonning investitsiyaviy, iqtisodiy va turistik imkoniyatlarini xalqaro maydonda keng targ‘ib etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.


