“Birodar shaharlar xalqaro forumi" boʻlib oʻtmoqda
2026-07-24 10:00:00 / Yangiliklar

Samarqand shahrida o‘tkazilgan birinchi “Birodar shaharlar xalqaro forumi" O‘zbekiston va xorijiy davlatlar shaharlarini yagona muloqot maydonida birlashtirdi.
Forum doirasida xalq diplomatiyasi, hududlararo hamkorlik, investitsiyalar, turizm, ta’lim va innovatsiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan konferensiyalar, biznes uchrashuvlari hamda ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda.
Mazkur forum shaharlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash, xalqaro aloqalarni kengaytirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.



