"Doʻstlik festivali" doirasida Milliy madaniy markazlar pavilyonida turli millatlarning san'at va madaniyat kechasi tashkil etildi
2026-07-23 18:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda respublikamizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar faollari oʻzlarining milliy qo‘shiq va raqslari, an'anaviy kuy-qo‘shiqlari hamda sahna chiqishlari bilan ishtirok etib, tomoshabinlarga unutilmas taassurot ulashdilar.
Madaniy kecha do‘stlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik g‘oyalarini yanada keng targ‘ib etish, turli millat vakillari o‘rtasidagi samimiy muloqotni rivojlantirish hamda jamiyatimizdagi ahillik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.



