“Tadbirkor vatandoshlar” forumi o‘tkazildi
2026-06-22 11:05:00 / Video
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida “Tadbirkor vatandoshlar” forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum xorijda faoliyat yuritayotgan vatandosh tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, investitsiyaviy va eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga ularning hissasini kengaytirishga qaratilgani bilan ahamiyat kasb etdi.
⏺Forumda Qo‘mita rahbariyati, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, “Vatandosh” jamoat fondi, "O‘zbekiston eksportchilari" uyushmasi, Birodar shaharlar alyansi, “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ vakillari, mahalliy tadbirkorlar hamda dunyoning turli davlatlarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan tadbirkor vatandoshlar ishtirok etdi.
📝 Tadbir davomida Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, eksport hajmini kengaytirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro biznes hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan mamlakatda yaratilayotgan qulay investitsiya muhiti, biznes yuritish uchun taqdim etilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar alohida e’tirof etildi.
📌 Shuningdek, forum doirasida xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatidan samarali foydalanish, ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston hududlarida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

