Sharq meʼmorchiligining noyob durdonasi "Registon" maydoni haqida faktlar
2026-03-08 11:50:00 / Yangiliklar

💠 "REGISTON MAYDONI"
Samarqand – Sharq meʼmorchiligining durdonasi
Registon maydonining shakllanishi Temuriylar davriga borib taqaladi. XV asrda buyuk astronom va davlat arbobi Mirzo Ulugʻbek tashabbusi bilan bu yerda ilm-fan markazlaridan biri bo‘lgan madrasa qurilgan. Keyingi asrlarda esa maydon yanada kengaytirilib, ulkan meʼmoriy majmua shaklini olgan.
💠 Registon maydoni uchta mashhur madrasa majmuasidan iborat:
🔘 Ulugʻbek madrasasi (1417–1420) – Temuriylar davrida qurilgan bo‘lib, o‘z davrining yirik ilm-fan markazlaridan biri hisoblangan.
🔘 Sherdor madrasasi (1619–1636) – peshtogʻidagi sher tasvirlari bilan mashhur.
🔘 Tillakori madrasasi (1646–1660) – ichki bezaklarida oltin suvi ishlatilgani sababli “Tillakori” deb nomlangan.
💠 Registon majmuasi YUNESKO Butunjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekistonning eng mashhur tarixiy maskanlaridan biridir.
