Xalqaro iqtisodiy hamkorlik va tashqi savdoni rivojlantirish doirasida olib borilayotgan ishlar
2025-07-04 16:35:00 / Yangiliklar

Xitoyning “Huahe International” biznes-konsalting kompaniyasi 2010 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Xitoy va xorijiy korxonalarga tashqi savdo va iqtisodiy hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, xalqaro tijorat tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari, moliyaviy institutlar, professional kasbiy ta’lim muassasalarining ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik kelishuvlari, memorandum va shartnomalar tuzish, texnik-iqtisodiy asoslar tayyorlash, huquqiy xujjatlarni rasmiylashtirish, xalqaro forum va yarmarkalar, biznes uchrashuvlar va konferentsiyalar tashkil etish bo‘yicha konsalting xizmatlari ko‘rsatib kelayotgan professional agentlik hisoblanadi.
“Huahe International” biznes-konsalting kompaniyasining malakali xodimlari doimiy sa’y-harakatlari orqali Xitoyda va boshqa davlatlarda tashkil etilgan Xalqaro tadbirlar va ko‘rgazmalarda hukumatlar, assotsiasiya va birlashmalar, mahalliy va xorijiy tadbirkorlarning qatnashishlarini ta’minlash, ularning hamkorlar topishi va bir-birlari bilan mustahkam aloqa o‘rnatishlarida amaliy yordam berib kelmoqda.
Joriy yilning 26-30 iyun kunlari “Huahe International” biznes-konsalting kompaniyasi tomonidan Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni (SHUAR), Xitoy Savdo vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi, Xitoy xalqaro savdoni rivojlantirish kengashi bilan birgalikda Urumchi shaxrida “Xitoy–Yevro Osiyo EXPO-2025” Xalqaro ko‘rgazmasi, “Osiyo va Yevropa biznes uyushmalari va korxonalarining biznes uchrashuvi”, B2B uchrashuvlari hamda “Ipak yoʻli iqtisodiy kamari” loyihasining “Ipak Yo‘li Iqtisodiy Alyansi” xalqaro konferentsiyasi tashkil etildi.
Konferentsiya jarayonida dunyoning 7 ta davlatidan 136 ta vakillari qatnashdi. Shuningdek, G‘allaorol tumanidan “Gallaaral management” MCHJ QK, “Yoqori kuchlanish” MCHJ, “Solar modern” MCHJ va G‘allaorol 1-son politexnikumi vakillari faol ishtirok etib, ularga “Ipak Yo‘li Iqtisodiy Alyansi” a’zoligi Xalqaro sertifikati va minnatdorchilik xati tantanali ravishda berildi.
“Huahe International” biznes-konsalting kompaniyasi 2025 yil 3 iyuldagi taklif xatida joriy yil 10-12 iyul kunlari Qozogistonlik hamkorlar bilan birgalikda Olmaota shaxridagi “Atakent” Xalqaro Biznes markazi (Qozog‘iston ishbilarmonlar hamkorlik markazi)da tashkil etiladigan “Qozog‘istonda Xitoy tovarlarining 20-ko‘rgazmasi”ga barcha tadbirkorlarning ishtirok etishlarini “Ipak Yo‘li Iqtisodiy Alyansi” nomidan so‘ramoqda.
Ushbu tadbirda ishtirok etish istagi bo‘lganlarni quyidagi shaxslarga murojaat qilishlarini so‘raymiz:
1. Anvar +998933015548 (telefon/telegram/WhatsApp), abegbutaev@mail.ru
2. Svetlana Begaliyeva +86 18311362650 (WhatsApp)
2. Alena +79252188261 (WhatsApp), external@huahechina.com
3. Altinoy +996 227 035 623 (WhatsApp), external@huahechina.com









