Davlat xaridlari toʼgʼrisidagi qonunchilikni buzish
2026-01-23 09:35:00 / Yangiliklar

Xarid komissiyasi xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish chogʼida davlat buyurtmachisi tomonidan shakllantiriladigan, ushbu tartib-taomillarni o‘tkazish tartibida shakllantirilishi talab etiladigan kollegial organdir.
Xarid komissiyasi ishining asosiy maqsadi xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflarini buyurtmaga muvofiqlik darajasi bo‘yicha xolis baholashdan va tartibga solishdan hamda davlat xaridlari raqobatlashuv usullari orqali amalga oshirilganda g‘olibni (g‘oliblarni) tanlashdan iborat.
Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida maslahat va (yoki) takliflarni ko‘rib chiqish, baholash hamda taqqoslash bo‘yicha xulosa olish uchun ekspertlar yoki ekspert tashkilotlari tegishli shartnoma asosida jalb etilishi, shu jumladan tekin asosda jalb etilishi mumkin
Davlat xaridlari subʼektlari va ularning mansabdor shaxslari ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi va shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar lozim darajada bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi.
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1758-moddasiga ko‘ra, davlat xaridlari rejalarini, shu jumladan reja-jadvallarini shakllantirish va joylashtirish tartibi bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etmaslik, shuningdek, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat xaridlarini amalga oshirish chog‘ida maxsus axborot portaliga davlat xaridlari bo‘yicha eʼlonlar joylashtirish tartibini, majburiy muhokama o‘tkazish tartibi va muddatlarini hamda davlat xaridi natijalarini joylashtirish muddatlarini buzish, davlat xaridlari jarayonlarida affillanganlik va manfaatlar to‘qnashuvi haqida davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda xabar bermaslik, shuningdek, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda, davlat xaridlari bo‘yicha takliflarni qabul qilmaslik yoki takliflarni taqdim etish muddatlarini davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga zid ravishda qisqartirish, shuningdek, taklif solingan konvertlarni ochish va xarid hujjatlariga muvofiq takliflarni baholash talablarini buzganlik uchun jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.
Ushbu moddada nazarda tutilgan huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati organlarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzib, belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
Viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat shu‘basi
