“Korrupsiya holatlarini oldini olish, uning har qanday ko`rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo`lish va unga qarshi ayovsiz kurashish” yuzasidan ochiq muloqot
2025-06-09 16:10:00 / Yangiliklar

G`allaorol tumani “Marjonbuloq” SHFY binosida mahalla fuqarolari
va tadbirkorlik sub’yektlari bilan 2025-yil 9-iyun kuni G`allaorol tumanlararo iqtisodiy sudining raisi F.Muzaffarov tomonidan “Korrupsiya holatlarini oldini olish, uning har qanday ko`rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo`lish va unga qarshi ayovsiz kurashish” hamda “Xo`jalik yurituvchi sub’ektlar o`rtasida xo`jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o`zgartirish va bekor qilish tartibi hamda ularni amalga oshirish vaqtida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish”, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek, aholining mavjud huquqiy muammolarini o`rganish va tizimli darajada hal etish qizil, sariq
va yashil toifadagi mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy muommolarni o`rganish va tizimli hal etish yuzasidan yashil toifadagi “Marjonbuloq” SHFY aholisi bilan mahalla binosida ochiq ochiq muloqot o`tkazildi.
Yig`ilishda G`allaorol tumanlararo iqtisodiy sudining raisi F.Muzaffarov so`zga chiqib, 29.08.1998 yildagi 670-I-son bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasining xo`jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risidagi qonuni va boshqa qonun xujjatlari yuzasidan yig`ilish ishtirokchilariga tushuntirishlar berib o`tdi.
Agar taraflar o`rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari bo`yicha kelishuvga erishilgan bo`lsa, xo`jalik shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.
Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, xo`jalik shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq o`zgartirilishi
va bekor qilinishi ta’kidlandi.
Shundan so`ng bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri korrupsiya bo`yicha yig`ilish ishtirokchilariga maruza qildi.
Korrupsiya – bu taraqqiyot kushandasi ekanligi, jamiyat va davlatning rivojlanishiga to`sqinlik qiluvchi, pirovard natijada taraqqiyot tanazzuliga olib keluvchi bunday salbiy holat yuz berishining oldini olish va unga qarshi qat’iy kurashish har bir shaxsning insoniylik burchi ekanligini ta’kidlab o`tdi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi prinsipiallik bilan davlat darajasida kurashib kelinmoqda. Sud tizimini oladigan bo`lsak, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan quyi sudlar xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha muntazam ravishda o`quv-seminar mashg`ulotlari olib borilayotganligini aytishimiz mumkin. Har bir sohada korrupsiyaga barchamiz murosasiz munosabatda bo`lishimiz va unga qarshi doimiy kurashishimiz kerakligi ta’kidlandi.
O`tkazilgan davra suhbati qizg`in savol-javoblarga boy bo`ldi. Qizil, sariq
va yashil toifalardagi mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy muommolarini o`rganish va tizimli hal etish yuzasidan yashil toifadagi “Marjonbuloq” SHFY aholisining qiziqtirgan savollariga G‘allaorol tumanlararo iqtisodiy sudi raisi tomonidan javob berildi.
G`allaorol tumanlararo iqtisodiy sudining raisi F.Muzaffarov

