Gʻallaorol tuman hokimi J.Oqboyevning Mirzabuloq QFYda umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchi yoshlarining ota-onalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2025-02-20 16:05:00 / Yangiliklar
Gʻallaorol tuman hokimi, 1-sektor rahbari J.Oqboyevning Mirzabuloq QFY hududidagi 45-67-umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchi yoshlarining ota-onalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Miliy gvardiya Gʻallaorol tuman bo‘linmasi hamda mahalla faollari ishtirok etishib, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish holati va bu borada huquqni muhafoza qilivchi organlar, huquqbuzarliklar profilaktikasiga mas’ul va ko‘maklashuvchi idoralar, jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi hamda mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash masalalari muhokama qilinib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollari yuzasidan tushuntirishlar berildi.






