FUQAROLAR MUROJAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
2026-11-18 15:50:00 / Yangiliklar

Ğallaorol tumanida aholi murojaatlarini öz vaqtida körib çiqiş, mavjud muammolarni bartaraf etiş va fuqarolar manfaatlarini ta’minlaş borasidagi işlar davom ettirilmoqda.
Şu maqsadda, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PF-51-son Farmoni ijrosi doirasida tuman Xalq qabulxonasida hokim örinbosari Ö.Raxmonovning sayyor qabuli ötkazildi.
Unda fuqarolarning murojaat va takliflari atrofliça örganilib, kötarilgan masalalar yuzasidan tegişli mutasaddilarga aniq vazifalar va topşiriqlar belgilandi. Murojaatlarni qonuniy tartibda körib çiqiş, ularning ijobiy yeçimini ta’minlaş hamda ijrosini nazoratga oliş yuzasidan zarur çoralar körildi.
Fuqarolar bilan oçiq muloqotni mustahkamlaş, murojaatlar ortidagi muammolarga amaliy yeçim topiş va davlat organlarining xalq oldidagi mas’uliyatini oşiriş ustuvor vazifa bölib qolmoqda.


