FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI, MUAMMOLAR YECHIMI YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR BERILDI
2026-10-23 16:20:00 / Yangiliklar

G‘allaorol tumani hokimi o‘rinbosari Umid Umurzoqov tomonidan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga qaratilgan shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, bildirilgan masalalarni qonuniy va ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar ijrosini ta’minlash, ularning yechimini nazoratga olish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
