FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBORDA — MUAMMOLARGA AMALIY YECHIMLAR BELGILANMOQDA
2026-10-23 16:15:00 / Yangiliklar

G‘allaorol tumani Xalq qabulxonasida aholi murojaatlarini o‘rganish va fuqarolarni qiynayotgan masalalarga yechim topish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PF-51-son Farmoni ijrosi doirasida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari fuqarolarning murojaatlarini tingladi.
Qabul davomida ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijro muddatlari belgilandi.
Murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va muammolarning amaliy yechim topishi doimiy nazoratga olindi.
