GULCHAMBAR MAHALLASIDA SHAXSIY QABUL
2026-09-12 15:35:00 / Yangiliklar

G‘allaorol tumani hokimi o‘rinbosari U.Umrzoqov tomonidan Gulchambar mahallasida fuqarolar uchun shaxsiy qabul tashkil etildi.
Qabul davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar batafsil tinglanib, ularni amaldagi qonunchilik asosida hal etish masalalari muhokama qilindi.
Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, murojaatlarning ijrosini ta’minlash va natijasini nazoratga olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.


