G‘ALLAOROL TUMANI PROKURORI SATTAROV MAXSUD ABDUG‘AFUROVICHNING TUMAN AHOLISIGA MUROJAATI
2026-06-04 18:45:00 / Yangiliklar

Assalomu alaykum!
Hurmatli Gʻallaorol tumani aholisi!
Qadrli otaxon va onaxonlar!
Aziz yoshlar!
So‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovich rahbarligida “Inson qadri uchun” ezgu g‘oyasi asosida hududlarni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish, aholi yashash sharoitlari hamda mahallalar qiyofasini tubdan yaxshilash, aholining muammolarini tezkorlik bilan hal etish, bir so‘z bilan aytganda xalqni rozi qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, tumanimizning tegishli idora va tashkilotlari hamda xalqimiz bilan birgalikda barcha sohalarda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralar natijasida tumanimizda o‘tgan 5 oy davomida bosqinchilik, nomusga tegish, talonchilik, og‘ir tan jaroxati yetkazish, xaqorat qilish, oilaviy zo‘ravonlik jinoyatlari sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan.
Yashirin iqtisodiyotni oldini olish yuzasidan 24 nafar davlat roʻyxatidan oʻtmasdan faoilayat yuritib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari aniqlanib, davlat xizmatlari markazi orqali qonuniy davlat roʻyxatida oʻtkazilib, budjetga qoʻshimcha soliq toʻlovlari tushirilishi ta'minlandi.
Bundan tashqari tabiiy gaz va elektr taminotidan jami 15 ta noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib, 3 ta yirik qonun buzilishi holatlar yuzasida jinoyat ishi qoʻzgʻatilishi ta’minlandi.
Yo’l transport hodisasi bilan bog’liq jinoyatlarni kamaytirish yuzasidan xalqaro ahamiyatga ega tuman hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida avtomatlashtirilgan tezlik o‘lchovchi uskuna o‘rnatilishi ta’minlandi.
Yaratib berilgan imkoniyatlarga qaramasdan ayrim shaxslar noqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirish, fuqarolarni aldash va boshqa vositalar orqali ularning mol - mulkini egallashga urinishmoqda. Ayniqsa, internet tarmog‘idan foydalangan holda fuqarolarga har hil turdagi ta’sir o‘tkazish orqali hisob raqamlaridagi pul mablag‘larini egallash holatlari ko‘plab uchramoqda.
Bundan tashqari, ayrim fuqarolarimizning beparvoligi oqibatida o‘zlariga tegishli mol–mulklar, texnika vositalari, chorva mollari yoki uy atroflarini qarovsiz qoldirgani oqibatida o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilishiga imkoniyat yaratib berayotgani ham ayni haqiqat. Buning oqibatini tuman hududida 16 ta o‘g‘irlik jinoyatlari qayd etilganidan ko‘rishimiz mumkin.
Hurmatli yurtdoshlar!
Tumanimizda mas’ul idoralar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda yangi tadbirlarni amalga oshirish yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qilmoqchiman. Jumladan, jinoyatlarning oldini olish, tumanda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash bo‘yicha kuchaytirilgan ish tartibi joriy etilib tegishli profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Aziz Gʻallaorolliklar!
Albatta, tumanimizda jinoyatchilik va korrupsiyaning oldini olishda, umuman barcha sohalarda qonuniylikni ta’minlashda, eng avvalo, mahalla ahli, yoshlar va nuroniy tashkilotlar faollariga, turli mehnat jamoalaridagi jonkuyar va vatanparvar insonlarga, ularning amaliy yordami va hamkorligiga tayanamiz.
Agarda har bir fuqaro tumanimizni jinoyatdan, korrupsiyadan holi, tinch va xavfsiz o‘lkaga aylantirishga o‘z hissasini qo‘shsa barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib, birgalikda kurashsak ko‘zlangan maqsadga albatta erishamiz.
Aziz yurtdoshlar, keling, barchamiz shu yo‘lda muhtaram Prezidentimizga yelkadosh bo‘lib, qonun ustuvor, adolat hukmron bo‘lgan jamiyatni birgalikda barpo etaylik!
E’tiboringiiz uchun katta rahmat!!!
