Gʻallaorol tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik Jalolov Asliddin Muhiddinovichning kreminogen vaziyat yuzasidan tumanimiz halqiga MUROJAATI
2026-06-03 18:45:00 / Yangiliklar

Assalomu alaykum aziz Gʻallaorolliklar.
So‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovich rahbarligida “Inson qadri uchun” ezgu g‘oyasi asosida hududlarni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish, aholi yashash sharoitlari hamda mahallalar qiyofasini tubdan yaxshilash, aholining muammolarini tezkorlik bilan hal etish, bir so‘z bilan aytganda xalqni rozi qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuni ta’kidlash joizki, tumanimizning tegishli idora va tashkilotlari hamda xalqimiz bilan birgalikda barcha sohalarda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
2026 yilning 5 oyi davomida tumanimiz hududida jami 157 ta jinoyatlar sodir etildi. Ushbu jinoyatlarning 37 tasi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar, 48 tasi bevosita tashabbus bilan aniqlanadigan jinoyatlar, 72 tasi axborot texnologiyalaridan foydalanib, sodir etilgan kiberjinotlar hisoblanadi. Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlardan 1 ta qotillik, 13 ta o‘g‘rilik, 1 ta bezorilik, 1 ta transport vositasini olib qochish, 1 ta qurbonli yo‘l hodisasi jinoyatlarini oshganini ko‘rishimiz mumkin.
Ohirgi vaqtlarda o‘g‘irlik jinoyatlari turlariga taxlil qilinganda xonadondan va qarovsiz qoldirilgan chorva mollarini o‘g‘irash jinoyatlari ko‘payib ketayotganligi kuzatilmoqda. Ushbu jinoyatlarning kelib chiqish sabablari o‘rganilganda fuqarolar tomonidan beparvolik, mulkni qarovsiz va nazoratsiz qoldirishi oqibatida jinoyatlarga qulay sharoit yaratilayotganligidan kelib chiqmoqda.
Men shu fursatdan foydalanib xonadon va mol-mulkingizni asrashingizni, qarovsiz va nazoratsiz qoldirmasligingizni ularni qo‘riqlash tizimiga ulash orqali xavfsiz muhitni ta’minlashingizni va doimo ogoh bo‘lishingizni so‘rab qolaman.
Yana bir muhim masala yuzasidan Sizlaring e’tiboringizni tortmoqchiman, bugungi kunda yosh avlodni ma’naviy va barkamol qilib tarbiyalash yurtimiz tomonidan birinchi g‘oya sifatida ilgari surilmoqda. Shunga qaramay ayrim yoshlar va voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va xatto jinoyatlar tumanimiz ma’sullarni jiddiy tashvishga solmoqda. Bu borada oila, mahalla va ta’lim muassasalarining mas’uliyatini oshirish kerakligini ko‘rsatadi.
Shuni inobatga olib, Siz azizlardan yoshlar va voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish uchun har bir ota-ona farzandining ta’lim tarbiya olishi, nazoratsiz va qarovsiz qoldirmaslik, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotganli bilan qiziqib borishi shart. Hurmatli yurtdoshlar biz farzanlarimizni bunday illatlardan saqlab qolishimiz mumkin. Buning uchun biz farzanlariizni halolik, ezgulik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalasak, jinoyatchilik illatlaridan saqlab qolishimiz mumkin.
Hurmatli yurtdoshlar bu kabi jinoyatlarning oldini olishda barcha jamiyat qatlamning hamkorligi juda muhim. Bu ishlarni amalga oshirishda keng jamoatchilik va fuqarolarimizga tayanamiz bu kabi xayrli ishga barchangizni chorlab qolaman.
E’tiboringiz uchun katta rahmat!!!
