Gʻallaorolda Xotira va Qadrlash kuni munosib nishonlandi
2026-05-08 10:40:00 / Yangiliklar

Tadbirda tuman hokimi Jalolitdin Oqboyev, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari hamda turli sohalar faollari ishtirok etdi.
Marosim davomida motamsaro Ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari hamda yurt tinchligi yo‘lida xizmat qilgan insonlar xotirasi ehtirom bilan yod etildi.
Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ham yodgorlikka gullar qo‘yilib, Vatanga sadoqat va ajdodlar xotirasiga hurmat ifodalandi.
Xotira va qadrlash kuni — millatimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan jasorat va matonat sohiblarini yod etish, ularning fidokorona xizmatlarini e’tirof etishga bag‘ishlangan muhim sana sifatida keng nishonlanmoqda.








