Rasmiy munosabat
2026-03-16 21:00:00 / Yangiliklar

“Hududgaz Jizzax gaz ta’minoti filiali” Gʻallaorol tuman gaz ta’minoti suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘limi tomonidan Qashqabuloq QFY hududida jami 1166 nafar iste’molchi mavjud bo‘lib, ushbu hududdagi aholi xonadonlariga belgilangan reja-grafikka muvofiq har 40–45 kunda suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilmoqda.
Xususan, 3–6 fevral hamda 27 fevral kunlari Qashqabuloq QFY hududidagi Obuz qishlog‘i (Yangiobod ko‘chalari)ga 106 dona, Qorag‘o‘yli qishlog‘iga 169 dona, jami 275 dona suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi.
Shuningdek, 11 martdan 14 mart kuniga qadar Qorag‘o‘yli qishlog‘iga 230 dona, Obuz qishlog‘iga 263 dona, jami 493 dona suyultirilgan gaz ballonlari hudud iste’molchilariga tarqatildi.
Eslatib o‘tamizki, ijtimoiy tarmoqlar yoki boshqa axborot platformalari orqali noto‘g‘ri, tasdiqlanmagan yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.







