G‘allaorolda “Tashabbusli budjet” bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
2026-01-28 11:25:00 / Yangiliklar

G‘allaorol tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–264-son qarori asosida hamda Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ–666-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashabbusli budjet” jarayonlarini o‘tkazish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan seminar-trening o‘tkazildi.
Seminarda Iqtisodiyot va moliya vazirligining mas’ul xodimlari tomonidan “Tashabbusli budjet” jarayonlariga kiritilgan asosiy yangiliklar bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi. Jumladan, 2026-yildan boshlab xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati tomonidan tanlov asosida g‘olib bo‘lmagan loyihalar orasidan har bir mavsumda bitta loyihani g‘olib deb topish amaliyoti joriy etilishi belgilanganligi qayd etildi.
Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni aholi va davlat o‘rtasida sheriklik asosida moliyalashtirish tizimi yo‘lga qo‘yilgani, mazkur yangiliklar aholining budjet jarayonlaridagi ishtirokini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.




