MUNOSABAT
2026-01-29 10:40:00 / Yangiliklar

2026-yil 27-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat va jamiyat xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solayotgan uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash masalalari bo‘yicha tanqidiy ruhdagi videoselektor o‘tkazildi.
Yig‘ilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini kuchaytirish, profilaktik chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish va zamonaviy nazorat mexanizmlarini faoliyatga joriy etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Men, Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati sifatida, ushbu topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, mahallalarda profilaktika ishlarini tashkil etish, aholi bilan manzilli uchrashuvlar o‘tkazish va qonuniylikni mustahkamlashda faol ishtirok etishni o‘z oldimga ustuvor vazifa deb bilaman.
Albatta, videoselektorda belgilangan chora-tadbirlar davlat xavfsizligi, iqtisodiy barqarorlik va aholi tinchligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Feruza Nigmatova,
Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashidagi
O‘zLiDeP deputatlik guruhi a'zosi
